Eng Ko’p So’raladigan Savollar

O'zbekistonda turib Amerikada yuk tashish biznesini boshlasa bo'ladimi?

Bo’ladi. Ammo firmani O’zbekistonda turib boshqarganda, vaqt zonalari (Amerika va O’zbekiston) farq bo’lgani uchun, O’zbekistonda kechqurun ishlashga to’g’ri keladi

Ishni nimadan boshlash kerak?

Agarda siz Amerikada yuk tashish biznesini boshlashga va buni uchun biznining xizmatlardan foydalanishga qaror qilgan bo’lsangiz, quyidagi keltirilgan anketani to’ldirib, xizmatimizni xarid qilishingiz mumkin. Anketani to’ldirib xizmatni sotib olganingizdan keyin, biz siz bilan bog’lanamiz va jarayonni rasman boshlaymiz.

Firma ochishga umumiy qancha vaqt ketadi?

Amerikada firma ochish juda tez amalga oshadi – 1-5 ish kuni. Ammo, egasi chet ellik bo’lgan firmalar uchun soliq to’lovchi raqamini olish (EIN) va bank hisob raqamini ochish uchun taxminan 1-1.5 oy ketadi. Shuning uchun, umumiy hisobda 1.5 – 2 oy vaqt ketadi. Undan tashqari, firma ochilib, soliq to’lovchi raqami olinib, bank hisob raqami ochilgach, yuk tashish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun ariza berish mumkin bo’ladi (xohlovchilar uchun – bu dispetcherlik uchun shart emas) va albatta bu jarayon ham taxminan 10-15 ish kuni oladi.

Amerikada firma ochish xizmatingiz qancha turadi?

Amerikada firma ochish bo’yicha quyidagi xizmatlarimiz mavjud:

1. Shunchaki firma (LLC) ochib berish: $692Bu yerda xarid qilishingiz mumkin.

2. Firma (LLC) + soliq to’lovchi nomeri (EIN) olib berish: $898Bu yerda xarid qilishingiz mumkin.

3. Firma (LLC) + soliq to’lovchi nomeri (EIN) olib berish + bank hisob raqami ochib berish (Fintech orqali) + firmaning informatsion vebsaytini qurib berish (wordpressga asoslangan oddiy vebsayt – bu bank hisob raqami uchun majburiy): $3318Bu yerda xarid qilishingiz mumkin.

4. Firma (LLC) + soliq to’lovchi nomeri (EIN) olib berish + firmaning informatsion vebsaytini qurib berish (wordpressga asoslangan oddiy vebsayt – bu bank hisob raqami uchun majburiy) + bank hisob raqami ochib berish (Fintech orqali) + yuk tashish databazasiga a’zolikka yozilishda yordam berish (oylik a’zolik to’lovlari mijozlar zimmasida) + Stripe to’lov sistemasiga ulanishda yordam berish: $3936Bu yerda xarid qilishingiz mumkin.

5. Firma (LLC) + soliq to’lovchi nomeri (EIN) olib berish + firmaning informatsion vebsaytini qurib berish (wordpressga asoslangan oddiy vebsayt – bu bank hisob raqami uchun majburiy) + bank hisob raqami ochib berish (Fintech orqali) + yuk tashish databazasiga a’zolikka yozilishda yordam berish (oylik a’zolik to’lovlari mijozlar zimmasida) + Stripe to’lov sistemasiga ulanishda yordam berish + Yuk tashish bilan bog’liq ruxsatnomalarga ariza berishda yordam berish ($300 davlat to’lovlari ham kiritilgan, ammo ruxsatnomalarni har 2 yilda yangilash kerak bo’ladi va ularning xarajatlari mijozlar zimmasida) + Amerika telefon raqami olishda yordam berish (oylik / yillik to’lovlar mizojlar zimmasida – taxminan $20-$25/oyiga): $4970Bu yerda xarid qilishingiz mumkin.

Amerikada firma ochish uchun nima hujjatlar kerak?

Amerikada firma ochishda davlatga biror hujjat taqdim etish so’ralmaydi, shunchaki ma’lumot berishning o’zi kifoya. Ammo, davlat firma ochishda yordam berayotgan firmalardan o’z mijozlaridan kerakli hujjatlarni olishni talab qiladi, shuning uchun, biz mijozlardan ularning pasport nusxalarini hamda yashash manzillarini tasdiqlovchi hujjatlarni olamiz.

Amerikada firma ochganda firma nomi qanday tanlanadi?

Biz mijozlarimizga Amerikada firma ochayotganda kechikishlarning oldini olish uchun firma o’z firmalari nomlarini inglizcha so’zlardan foydalanib nomlashni tavsiya qilamiz. Sababi, har bir xorijiy so’z ingliz tiliga tarjima qilinishi kerak va jarayon tarjima qilinmaguncha to’xtatilishi mumkin.

Agar siz o’z biznes nomingizda xorijiy so’z bilan ishlashga qaror qilsangiz, iltimos, so’zlarning tarjimasini bizga taqdim qiling.

Urg’u belgilari ham kompaniya nomida qabul qilinmaydi, chunki ular ingliz tilida mavjud emas. Misollar: é, ë, è, ē, ê, ç, ñ, ø va boshqalar.

LLC (Mas’uliyati Cheklangan Jamiyat) firma turi uchun o’zingiz tanlagan nomdan so’ng (firma nomi oxirida) quyidagi qo’shimchalardan birini tanlashingiz mumkin (Masalan, John Smith LLC va hokazo):

1. LLC
2. L.L.C.
3. Limited Liability Company

Ba’zi so’zlar firma nomida qo’llanganda maxsus ruxsat talab etadi. Quyida Wyoming va Delaware shtatlari uchun shunday qoidalarni keltiramiz.

Wyoming

Ba’zi biznes nomlari mavjud bo’lib, ular batafsil ko’rib chiqish uchun USPS orqali Wyoming Davlat kotibiga yuborilishi kerak. Bunday hollarda, ariza topshirish uchun qo’shimcha vaqt ketadi — 2 haftagacha – va har doim ham nom kengash tomonidan tasdiqlanmaydi.

Ta’lim bo’limi tomonidan tasdiqlanishi kerak bo’lgan so’zlar:

Academy;
College;
Educate;
Education;
Educational;
Institute;
Institution;
School;
University.

Bank ishi bo’limidan ruxsat olishni talab qiladigan so’zlar:

Bank;
Banker;
Banc;
Bancorp;
Bancorporation;
Banque;
Banco;
Banca;
Trust;
Va shularga o’xshash / bir xil ma’noli so’zlar

Delaware

Bank
Education
Trust/Trustee
Bond/Bonding
Casualty
Fidelity
Guaranty
Healthplan
HMO
Indemnity
Insurance
RE or Reassurance
Risk or Risk Retention
Surety
Surplus
Lines
Underwriters

DELAWARE VA WYOMING:

Maxsus holatlar:

1. “A” harfidan keyin bo‘sh joy yoki tinish belgisi bilan boshlangan kompaniya nomlari tasdiqlanmaydi;
2. Ingliz tilidan boshqa tildagi kompaniya nomlari yozma tarjimani o’z ichiga olishi kerak;
3. Davlat kotibi biznes nomida qabul qilishi mumkin bo’lgan yagona belgilar: alfa (A-Z), raqamli (0-9), defis (-), ampersand (&) xolos.

Amerikada qaysi shtatlarda firma ochib bera olasiz?

Biz Amerikaning barcha shtatlarida firma ochib bera olamiz.

Agarda siz Amerikadan tashqarida yashasangiz, sizga firmangizni Wyoming shtatida ochish tavsiya qilinadi. Boshqa shtatlar qimmat va tavsiya etilmaydi.

Agarda siz Amerikada yashasangiz, o’zingiz yashab turgan shtatda firma ochish tavsiya etiladi.

Amerikada firma ochganda / biznes yuritganda soliqlar qanaqa bo'ladi?

Agarda firma egalari, firma direktori va firma ishchilari Amerikada yashamasalar va ular Amerika soliq rezidentlari bo’lishmasa, firma ham, firma ta’sischilari ham, firma direktori ham Amerikada soliqqa tortilmaydi.

Agarda firma ta’sischilari Amerikada yashashsa yoki firmaning Amerikada ishchilari bo’lsa, unda firma Amerika soliqlariga tortilishi mumkin. 

Soliqlar haiqda to’liq ma’lumotni Amerikada litsenziyaga ega bo’lgan hisobchilardan olishingiz mumkin. Biz orqali Amerikada firma ochgan barcha mijozlarni biz o’zimizning Amerikadagi litsenziyaga ega hisobchi (buxgalter, accountant, CPA) hamkorimiz bilan bog’lab qo’yamiz va mijozlar unga to’g’ridan to’g’ri bog’lanib o’z savollarini berishlari mumkin bo’ladi.

Amerikada firma ochib, Amerika banklaridan kredit olsa bo'ladimi?

Javob 99.9% yo’q. Sababi Amerika banklaridan kredit olish uchun avvalo Amerikada kredit tarixiga (credit history) va kredit reytingiga (credit score) ega bo’lish kerak, bu esa Amerikada yashab, u yerda ishlab, oylikka (maosh) ega bo’lishni talab qiladigan jarayondir.

Amerikada yuk tashish firmasi ochib, yuk tashish mashinalarini kreditga olish mumkinmi?

Amerikada yuk tashish mashinalarini (truck) kreditga olish uchun, Amerikada yashaydigan haydovchi yollashingiz, u haydovchida Amerika yuk tashish uchun haydovchilik guvohnomasi (CDL – Commercial Driver’s License) va yuk tashish uchun mo’ljallangan sug’urta ($75000 lik) + yuk tashish uchun so’raladigan maxsus ruxsatnomalar (mc/usdot) bo’lishi kerak. Amerikadagi haydovchi ishchingiz shu talablarga javob bersa, Amerikada yuk mashinalarini kreditga beradigan korxonalarning birortasiga borib ariza berishi mumkin. Oylik to’lovlar taxminan $1200-$1500 bo’ladi va shartnoma odatda 2 yillik bo’ladi. Yuk tashish mashinasini kreditga olishdan oldin mashinaga qarab boshlang’ich to’lov ham to’lash kerak bo’ladi. Masalan, $30000 boshlang’ich to’lov va undan keyin $1500 oyiga. 

Amerikada firma ochib, uni yuritish uchun Amerikaga ko'chib ketsa bo'ladimi?

Bo’ladi. Lekin buning uchun sarmoya talab etiladi. Bu holatda 2 variant bor:

1. Amerikadagi firmani L1 vizasi talablaridan kelib chiqib ochish (YouTube kanalimizda bu haqda to’liq ma’lumot berganmiz). Tavsiya etilgan sarmoya miqdori: $150,000 – $200,000 (bir kishi uchun)

2. Amerikadagi firmani EB-5 vizasi talablaridan kelib chiqib ochish (YouTube kanalimizda bu haqda to’liq ma’lumot berganmiz). Talab qilingan sarmoya miqdori: $800,000 + 10 Amerika fuqarosini ish bilan ta’minlash.

Amerikada firma ochgach, soliq hisobotlarini qanday topshiraman?

Amerikada biz orqali firma ochsangiz, barcha jarayon yakunlangach, sizni Amerikadagi litsenziyaga ega hisobchi (Accountant, CPA) hamkorimiz bilan bog’lab qo’yamiz. Hamkorimizga xizmat haqqini to’lab (boshlanishida $400 – $500 yiliga va firma faoliyatini aktivlashgach xizmat haqqi biroz oshadi) yillik soliq hisobotlarini topshirishingiz mumkin bo’ladi. Bu jarayonda sizdan firma bank hisobidagi pul aylanmalari, invoyslaringiz, shartnomalar va boshqa hujjatlarni hisobchiga taqdim etishingiz so’raladi va shundan so’ng hisobchi sizning nomingizdan hisobotlarni tayyorlaydi va Amerika soliq idorasiga topshiradi. Ushbu jarayon har yili takrorlanadi.

Amerikada firma ochib uni yuritish uchun ingliz tilini bilishim kerakmi?

Ha, ingliz tilini bilish yoki bilgan ishchilarni olish tavsiya etiladi. Sababi oddiy – Amerikada barcha ishlash ingliz tilida yuritiladi. Hujjatlarni tushunmasangiz, bank va ba’zida soliq idorasi bilan muloqot qila olmasangiz, oxir oqibat bu sizning biznesingizga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 

Amerikadagi firmamdan qanday qilib oylik olaman?

Amerikada ochilgan firmadan (agarda siz Amerikadan tashqarida yashasangiz) pul chiqarish uchun 2 variant bor:

1. Pulni xizmat haqqi siftida O’zbekistondagi firmangizga o’tqazish (masalan, O’zbekistondagi firmangiz Amerika firmangizga boshqaruv xizmatlarini ko’rsatgani uchun to’lov)

2. Pulni O’zbekistondagi shaxsiy hisob raqamingizga (dollar hisob raqami bo’lishi kerak) o’tqazish.

Ikkala holatda ham pul o’tqazayotganda o’tqazishdan maqsad ko’rsatilishi shart (bank hisob raqam ichida ‘note” yoki “memo” degan joyda yoziladi)

Bizga qo’shimcha savollaringiz bo’lsa quyidagi anketani to’ldirib biz bilan aloqaga chiqishingiz mumkin

14 + 6 =

Eng Ko’p
So’raladigan Savollar

Chet elda biznes boshlamoqchiman, qayerni maslahat berasiz?

Sizga siznes boshlashda biror davlat taklif qilish uchun biz avvalo siz, boshlamoqchi bo’lgan biznesingiz va kiritmoqchi bo’lgan sarmoyangiz haqida ma’lumotga ega bo’lishimiz kerak. Iltimos, yuqoridagi anketani to’ldiring va konsalting sotib oling.

Men Amazonda do'kon ochmoqchiman, yordam bera olasizmi?

Ha, yordam bera olamiz. Buning uchun AQSHda firma ochishga tayyor bo’lsangiz, yuqoridagi anketani to’ldiring va biz bilan bog’laning.

Telegramingiz bormi? Siz bilan qanday bog'lansam bo'ladi?

Biz bilan bog’lanishning eng yaxshi yo’li yuqoridagi anketani to’ldirish yoki email yozishdir: contact@jrandfirm.com

Eslatma: Biz faqatgina to’lov evaziga konsalting xizmati ko’rsatamiz. Konsalting narxi (ketgan vaqt va holatga qarab) $250 dan $600 gacha bo’lishi mumkin.

Men Meksika / Kolumbiya orqali AQSHga bormoqchiman, yordam bera olasizmi?

Yo’q. Biz AQSHda qochoqlik statusi so’rash bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatmaymiz.

Menga bittasi XXX pul evaziga ish vizasi taklif qilayapti, ishonsam bo'ladimi?

Qonunan olganda, ish vizasi sotilmaydi. Shuning uchun biz ish yoki boshqa viza turlarini olish uchun ketmoqchi bo’lgan davlat elchixonasiga / konsullik idorasiga murojaat qilishni tavsiya qilamiz. Ish vizalari odatda ish beruvchi tomonidan berilgan taklifnoma evaziga elchixona / konsullik idorasida ariza beruvchi tomonidan shaxsan olinadi – bu holatda taklifnomani pul evaziga sotganagentliklar sizga soxta taklifnoma jo’natishi xavfi mavjud. Agarda siz soxta taklifnoma bilan ish viza uchun murojaat qilsangiz, buning natijasi yaxshi bo’lmaydi.

Address

1309 Coffeen Ave Ste 1200, Sheridan, WY 82801

Phone

+86 1304 0688 804

Email

contact@jrandfirm.com

Biz Bilan Bog’laning

5 + 10 =